Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida mazkur muhim davlat tadbiriga jalb etilgan talaba-volontyorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Asosiy maqsad — volontyorlarni ro‘yxatga olishning texnik jihatlari va onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan yaqindan tanishtirishdir. Seminar davomida talabalar:
Maxsus dasturlar bilan ishlashni o‘rgandilar;
Qishloq xo‘jaligi resurslarini hisobga olishdagi savolnomalar bo‘yicha tushuncha oldilar.
Tez kunda TerDU volontyorlari hududlarda aholiga ushbu jarayonlarda yaqindan ko‘mak berishni boshlaydilar.




