21/01/2026

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish, xususan, onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etib, shaxsiy tarkibga quyidagi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdilar:

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish platformasining imkoniyatlari;

Savolnomalarni to‘ldirish tartibi va xavfsizlik choralari;

Qishloq xo‘jaligi resurslarini hisobga olishning iqtisodiy ahamiyati.

Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan onlayn tizimning afzalliklari — vaqtni tejash hamda ma’lumotlarning aniqligini ta’minlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.