21/01/2026

Termiz davlat universitetida mazkur muhim davlat tadbiriga jalb etilgan talaba-volontyorlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Asosiy maqsad — volontyorlarni ro‘yxatga olishning texnik jihatlari va onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan yaqindan tanishtirishdir. Seminar davomida talabalar:

Maxsus dasturlar bilan ishlashni o‘rgandilar;

Qishloq xo‘jaligi resurslarini hisobga olishdagi savolnomalar bo‘yicha tushuncha oldilar.

Tez kunda TerDU volontyorlari hududlarda aholiga ushbu jarayonlarda yaqindan ko‘mak berishni boshlaydilar.