O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 23-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Maktab va maktabgacha ta'lim boshqarmasi xodimlari hamda shahar va tuman bo'limlari uchun ZOOM platformasi orqali o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari qatnashdi.
Tadbir davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining mazmun-mohiyati, uni amalga oshirishning asosiy tashkiliy bosqichlari, idoralararo hamkorlik masalalari hamda aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.




