Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish hamda bu yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlashga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda korrupsiyaning jamiyatimizga ko'rsatayotgan salbiy ta'siri, unga qarshi kurashishning dolzarb masalalari, xususan, fuqarolik jamiyati institutlarining bu jarayondagi faol ishtiroki hamda ularning ilmiy tadqiqotlar olib borishdagi o'rni atroflicha muhokama qilindi.




