24/12/2025

Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasining "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonuni yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminar davomida ushbu qonunning mazmun-mohiyati, kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar atroflicha muhokama qilindi. Statistik ma'lumotlar ijtimoiy himoya choralarining samaradorligini baholash va to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etgani sababli, boshqarma xodimlarining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish asosiy maqsad bo‘ldi.