O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15-31-yanvar kunlari korxona va tashkilotlar, shuningdek talabalar, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan Termiz shahridagi Yoshlar markazida seminar tashkil etildi.
Milliy statistika qo'mitasi, viloyat hokimligi hamda aloqador tashkilotlar tomonidan o'tkazilgan o'quv seminarida, viloyat va tuman statistika organlari mutasaddilari, viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda kadrlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida Statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan tizimda ro‘yxatdan o‘tish tartibi, texnik talablar va amaliy bosqichlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ishtirokchilar uchun taqdimotlar o‘tkazildi.




