14/12/2025

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan ➖    2025-yilning yanvar-oktabr oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 258,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 149,4 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 2,7 % ga ko‘payib, 10,6 % ni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan ➖    bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,8 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 108,0 % ni tashkil etgan holda 6 523,9 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektorda ➖    qurilish ishlarining ulushi 34,6 % ni yoki 4 113,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 108,1 % ni tashkil etdi.