O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmonining 8-bandiga asosan, 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishni tashkil etishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari hamda yirik korxona va tashkilotlar xodimlari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun Sherobod tumani tibbiyot birlashmasida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman hokimiyatining mas'ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda davlat organlari va yirik korxona-tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarga shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va ularga nisbatan so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblari o'rgatildi. Mazkur seminar aholi va qishloq xo‘jaligi ma’lumotlarini to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda ro‘yxatga olish tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishga qaratilgan.




