10/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15-31-yanvar kunlari korxona va tashkilotlar, shuningdek davlat xizmatida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan Termiz tumanida seminar tashkil etildi.

Tadbirda Termiz tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh. Qalandarov, viloyat va tuman statistika organlari mutasaddilari, tumandagi barcha korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda kadrlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan tizimda ro‘yxatdan o‘tish tartibi, texnik talablar va amaliy bosqichlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ishtirokchilar uchun taqdimotlar o‘tkazildi.