10/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri B. Kudratxodjayev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Tashrif chog‘ida viloyat shtabi faoliyati o‘rganilib, hududlardagi tashkiliy ishlar va mas’ul idoralar faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonini samarali tashkil etish, xodimlarni tayyorlash, aholini xabardor qilish bo‘yicha takliflar o‘rganildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.