10/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Favqulotda vaziyatlar vazirligi masʼul xodimi, podpolkovnik Qobulov Abdukamol Nurmamatovich viloyatning barcha shahar va tumanlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida statistika bo‘limlarida tashkil etilgan shtablar faoliyati o‘rganildi.

Shuningdek, joylarga, yaʼni mahallalarga chiqilib, ro‘yxatga olish jarayonida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlar shakllantirilishi bevosita mahalla mas’ullarining ishni samarali tashkil etishlariga bog‘liq ekanligi ta’kidlandi. Bu borada "mahalla yettiligi"ga zarur ko‘rsatma va yo‘l-yo‘riqlar berildi.