10/12/2025

 

Surxondaryo viloyatining chakana savdo aylanmasi qanchani tashkil etdi?

2025-yil 1-noyabr holatiga, chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 038 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 72 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 4 966 tani tashkil qildi.

- 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 22 435,5 mlrd so‘mni tashkil etib,

- 2024-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 110,0 % ga yetdi.

Jumladan,

yirik korxonalarning tovar aylanmasi 970,9 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 143,1 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 21 464,6 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,9 %),

shundan,

uyushmagan savdo tovar aylanmasi 4 150,6 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 108,4 %) tashkil etdi.