2025-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda 2 936 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.
Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush:
740 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 25,2 % i) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga,
663 tasi (22,6 %) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga,
266 tasi (9,1 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga,
209 tasi (7,1 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.




