17/11/2025

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari O‘tkir Sheraliyev raisligida Jarqo‘rg‘on tumani Yoshlar markazida mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda 2025-yil 19-sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-son Farmonning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, mazkur jarayonning davlat rivoji va statistik ma’lumotlar bazasini yanada takomillashtirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida hududlarda ro‘yxatga olish jarayonini puxta va sifatli tashkil etish, aholini xabardor qilish, zarur texnik va tashkiliy sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.