17/11/2025

Joriy yilning 3-noyabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlariga “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” hamda korrupsiyaning xavf-xatarlari to‘g‘risida muhim seminar tashkil etildi.

Seminarda korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning turli shakllari va usullari, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot va davlat boshqaruviga ko'rsatadigan salbiy ta'sirining oldini olish mexanizmlari haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir davlat xizmatchisining shaxsiy javobgarligi, halollik va poklik tamoyillariga qat'iy amal qilish zarurati alohida ta'kidlab o'tildi.