Joriy yilning 16-oktabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika bo‘lim boshliqlari hamda ro‘yxatga olish jarayonlariga masʼul xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Mazkur o‘quv dasturida amaliy tajribalar xususan, sinov tariqasida Termiz shahrida joylashgan "Tinchlik" MFYda aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish, maʼlumotlarni elektron shaklda qayd etish jarayoni o‘quv-mashg‘uloti ishtirokchilari uchun amaliy tarzda ko‘rsatib berilmoqda.
Ro‘yxatga olish masʼullarining malakasini oshirish, ularga ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Shu tariqa, kelgusida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining samaradorligi va sifatini taʼminlash ko‘zda tutilmoqda.