15/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga ko‘ra, 2026-yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha, Sariosiyo tumanining olis hududida joylashgan mahalla yettiligi xodimlariga o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

Unda, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G. Xazratkulov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i T. Mamatmurodov hamda tuman Statistika bo‘limi boshlig‘i O. Qosimov, tegishli mas’ullar, mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etdi.

 

Mazkur seminar aholi va qishloq xoʻjaligi maʼlumotlarini toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda roʻyxatga olish tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtkazishga qaratilgan.