15/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Shu munosabat bilan Boysun tumanining mahalla “yettiligi” xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Raxmonov, Boysun tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Saidov, shuningdek tegishli mutasaddilar va mahalla “yettiligi” vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonida aholi va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur seminar 2026-yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli va muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.