Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-sonli qarori asosida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatida;
Qaror va Nizom: Hukumatning 629-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning mohiyati va ahamiyati atroflicha tushuntirib berildi. Bu Nizom ro‘yxatga olish jarayonining har bir bosqichini aniq belgilab beradi.
Tadbirlar muddatlari: Ro‘yxatga olish tadbiri 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar, ya’ni 45 kun davomida amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olishning aniq boshlanish vaqti 2026-yil 15-yanvar, soat 00:00 etib belgilanganligi ham aytib o'tildi.