07/10/2025

Joriy yil 19-sentabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-288-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati to'g'risida tizim xodimlari uchun seminar o'tkazildi.

Ushbu muhim hujjatning asosiy maqsadlari tushuntirildi:

Jamiyatda korrupsiya holatlariga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ilmiy jihatdan tadqiq etish.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish.

BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish.

2025-yil 5-martdagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash.