26/09/2025

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining hududiy statistika boshqarmalari uchun Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga vaqtincha jalb qilinadigan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablari

Malakaviy talablar:

  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (iqtisodiyot, statistika, demografiya, pedagogika, axborot texnologiyalari yoki shunga yaqin yo‘nalishlarda ustuvor);
    • Davlat idoralari yoki mahalliy tashkilotlarda ish tajribasiga ega bo‘lishi (ko‘pi bilan 1–2 yillik tajriba yetarli);
    • Ro‘yxatga olish jarayonlari bo‘yicha milliy me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar bilan ishlay olishi;
    • So‘rovnoma va hisobot shakllari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
    • Jamoa bilan ishlash va aholi bilan muloqot qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
    • Kompyuter dasturlari (Word, Excel) va asosiy axborot tizimlaridan foydalana olishi;
    • O‘zbek tilini mukammal, rus tilini kundalik ish jarayonida foydalana olishi maqbul.

Lavozim majburiyatlari:
• Hududiy komissiyalar va mahalla ro‘yxatga oluvchilari faoliyatini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
• Ro‘yxatga oluvchilarni o‘qitish jarayonida yordamchi sifatida ishtirok etish;
• Ro‘yxatga oluvchilardan tushgan ma’lumotlarni qabul qilish va instruktorlarga yetkazish;
• Hujjatlar va hisobot shakllarini to‘g‘ri yuritishda ko‘maklashish;
• Ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni instruktorlar bilan hamkorlikda hal etish;
• Ma’lumotlarni yig‘ish, tekshirish va joyida nazorat qilishda ishtirok etish.

Qo‘shimcha afzalliklar:
• Statistika yoki ro‘yxatga olish sohasiga oid seminar va o‘quvlarda qatnashganligi;
• Zamonaviy o‘quv vositalari (onlayn kurslar, interaktiv dasturlar)dan foydalanish ko‘nikmasi;
• Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini bilishi.

Mutaxassisligi: Iqtisodiyot, statistika, pedagogika, axborot texnologiyalari, davlat boshqaruvi yoki shunga yaqin yo‘nalishlar.

Ishlash davri: 6 oy - 2025 yil 1 oktyabrdan – 2026 yil 1 aprelga qadar.

Mutaxassis o‘ziga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan hamda samarali bajarishi natijasida, tashkilot tomonidan uni doimiy ishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ish haqi: 6 mln so'mdan yuqori.

 

Nomzodlar rezyumelarini (mutaxassislik diplomi nusxasi bilan) This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga yoki viloyat statistika boshqarmasining Inson resurslarini boshqarish bo'limiga joʻnatishlari lozim.