26/09/2025

2025-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra Viloyatda 3 096 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush:

806 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 26,0 % i) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga,

703 tasi (22,7 %) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga,

269 tasi (8,7 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga,

222 tasi (7,2 %) mebel ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.