2025-yil 1-avgust holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalar soni 1 473 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 1 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 472 tani tashkil qildi.
2025-yilning yanvar-iyul oyida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 5,2 trln so‘mga yetdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 113,8 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 99,7 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.