2025-yilning yanvar-iyul oylari davomida viloyatimiz meva-sabzavot eksporti hajmi 104 188,7 tonnani tashkil etdi.
Ma'lumot uchun: 2025-yil yanvar-iyul oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 93 786,8
ming AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos
davriga nisbatan 1,3 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 41,2 % ni tashkil etdi.