18/09/2025

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 3-sentabrdagi 02-03/1256-sonli xatiga muvofiq, milliy liboslarimizda xalqimizning ming yillik tarixi, urf-odat va an’analari, estetik qarashlari hamda o‘ziga xosliklari mujassam ekanini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning sentabr oyi “Xon atlas” oyligi deb e’lon qilingan.

Mazkur tashabbus doirasida Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xotin-qizlari ham mazkur festivalda faol ishtirok etib, go‘zal milliy liboslar orqali milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini kreativ tarzda namoyon etdilar.

Ta’kidlash joizki, bunday festivallarning o‘tkazilishi yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan boy madaniy merosimizni kelajak avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.