Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga, yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 364,1 ming boshga yetdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni - 6,5 ming boshga (1,8 %) ko‘paydi.
Yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni, ming bosh
Denov - 41 720
Qumqo'rg'on - 37 281
Uzun - 33 530
Sariosiyo - 30 346
Jarqo'rg'on - 28 364
Sho'rchi - 27 904
Sherobod - 26 613
Muzrabot - 25 731
Boysun - 20 376
Angor - 20 173
Termiz - 18 976
Qiziriq - 17 147
Bandixon - 16 122
Oltinsoy - 15 803
Termiz sh - 4 012
Yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami yirik shoxli qoramollarning 92,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.