Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 19-iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-95-son Farmoni ijrosi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzulariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-son Farmoni ijrosini ta’minlash, davlat xizmatchilari o‘rtasida ijro intizomini yanada yuksaltirishga qaratildi.
Tadbirda “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga, insonlarning osoyishta hayotiga va millat kelajagiga tahdid soluvchi illat” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida bildirilgan fikrlar va berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi, hamda kelgusida bu kabi seminarlarni muntazam o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.