12/08/2025

2024/2025-oʻquv yili boshiga Surxondaryo viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 995 tani tashkil etdi. Bu 2020/2021-oʻquv yiliga nisbatan 61 ta maktabga ko‘proq, yaʼni 6,5 % o‘sishni ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, o‘quv yil boshida viloyatdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jami 50,3 ming nafar o‘qituvchi (o‘rindoshlarsiz) mehnat faoliyatini yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020/2021-oʻquv yiliga nisbatan 6,6 ming kishiga ko‘p, bu esa 5,2 % o‘sishni bildiradi.

O‘qituvchilarning malakaviy tarkibi quyidagicha:

Oliy maʼlumotli o‘qituvchilar: 42,1 ming kishi (jami o‘qituvchilarning 83,7 %).

O‘rta-maxsus maʼlumotli o‘qituvchilar: 8,2 ming kishi (jami o‘qituvchilarning 16,3 %).