Surxondaryo dunyoning 67 ta mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bu ko‘rsatkich viloyatning xalqaro bozorlarda faol ishtirok etayotganidan dalolat beradi.
Tashqi savdo aylanmasida eng katta salmoqqa ega bo‘lgan hamkorlar orasida quyidagi davlatlar alohida ajralib turadi:
Afg‘onistonda (34,7 %),
Birlashgan Arab Amirliklarida (27,4 %),
Pokistonda (10,1 %),
Rossiyada (7,9 %),
XXRda (5,7 %) qayd etilgan.
Ushbu ma'lumotlar Surxondaryo viloyatining strategik joylashuvi va xalqaro savdo imkoniyatlaridan samarali foydalanayotganligini ko'rsatadi.