Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab berilgan topshiriqlarning ijro holati yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.
Unda 2025-yilning birinchi yarim yilligidagi ijro intizomining holati, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar hamda 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida ijro intizomini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mazkur yig'ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–117-son Farmoni ijrosini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.