2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, viloyatda ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi tijorat korxonalari soni 2 375 tani tashkil etdi. Bu raqamning asosiy qismini kichik korxonalar va mikrofirmalar (2 359 ta) tashkil qilsa, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 16 tani qayd etildi.
Viloyat bo‘yicha 2025-yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi jami 4 917,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu 2024-yilning shu davriga nisbatan 12,4 % ga o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Ayniqsa, kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi sezilarli bo‘lib, u 4 452,9 mlrd so‘mga yetdi. O‘sish sur’ati bo‘yicha ham kichik biznes faol harakat qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 114,7 % ga o‘sdi. Natijada, kichik biznesning viloyatdagi jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 90,6 % ga teng bo‘ldi.