24/07/2025

Xizmatlar sohasi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Sherobod tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 556,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,8 foizga yetdi.

Chakana savdo

Hisobot davrida tumanda chakana savdo hajmi 728,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2024-yilning shu davriga nisbatan 108,2 foizga oshdi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi

2025-yil yanvar-iyun oylarida 688,3 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari (xizmatlari)ning umumiy hajmi 1 693,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 101,8 foizni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

2025-yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 521,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 101,0 foizga teng.

Qurilish ishlari

Hisobot davrida qurilish ishlari hajmi 194,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,7 foizni tashkil etdi.

Sherobod tumanining demografik ko‘rsatkichlari (2025-yil 1-iyul holatiga):

Doimiy aholi soni – 216,7 ming kishi

Tug‘ilganlar – 2084 nafar

Vafot etganlar – 522 nafar

Tuzilgan nikohlar – 530 nafar

Nikohdan ajrashganlar – 118 nafar

Ko‘chib kelganlar – 290 nafar

Ko‘chib ketganlar – 617 nafar