24/07/2025

Xizmatlar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 417 mlrd 993 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizga yetdi.

Chakana savdo

2025-yil yanvar-iyun holatiga chakana savdo hajmi 554,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,2 foizni tashkil etdi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi

2025-yilning yanvar-iyun oyida 269,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,2 foizni tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi ko‘rsatkichlari

2025-yilning yanvar-iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 1196,1 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,8 foizni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

2025-yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 283,1 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 197 foizni tashkil etdi.

Qurilish ishlari

2025-yilning yanvar-iyun oylarida qurilish ishlari hajmi 112,1 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111 foizni tashkil etdi.

Uzun tumanining demografiyasi:

2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, doimiy aholisi 194,2 ming kishini tashkil etadi.

Shundan:

tug‘ilganlar 2351 nafar;

vafot etganlar 373 nafar;

tuzilgan nikohlar 500 nafar;

nikohdan ajralishlar 105 nafar;

ko'chib kelganlar 162 nafar;

ko'chib ketganlar 394 nafar.