22/07/2025

2025-yilning yanvar-iyun oylarida, Surxondaryo viloyatida jami 6 996,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 109,3 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-iyun oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 665,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 148,5 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 2,4 % ga ko‘payib, 9,5 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,5 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil etgan holda 3 815,9 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 36,0 % ni yoki 2 514,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 107,8 % ni tashkil etdi.