2025-yil 1-iyul holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 158 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 72 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 5 086 tani tashkil qildi.
2025- yilning yanvar-iyun oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 12 706,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan 109,5 % ga yetdi.
Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 560,5 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 148,4 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 12 145,7 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,2 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 560,5 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 110,6 %) tashkil etdi.