Joriy yilning 28-mart kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida B. Xayinov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:
Siyosiy-ma’rifiy soati”,
Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 14.03.2025 yildagi PF-47-sonli farmonining mazmun-mohiyati yetkazildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma B. Xayinov tomonidan batafsil javoblar berildi.