13/06/2025

Joriy yilning 13-iyun kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamkorligida "Statistika organlarida ishlash jozibadorligini oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasida targʼib qilish" maqsadida, bitiruvchi talabalar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Oliy taʼlim muassasasi bitiruvchi bosqich talabalarini bo‘sh vakant ish o‘rinlari va statistika tizimida davlat fuqarolik xizmatchilariga yaratilayotgan qulayliklar hamda imkoniyatlar bilan tanishtirildi. 

Davra suhbati davomida statistika organlariga ishga kirish tartiblari, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshirilgan ishlar va ushbu portaldan foydalanish tartibi, shuningdek, ochiq mustaqil tanlovlar tashkil etilishining huquqiy asoslari, mexanizmlari va bosqichlari, eʼtibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlar hamda tanlov g‘oliblari bilan ishlash usullari to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Tadbir mobaynida berilgan maʼlumotlar asosida ishtirokchilarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.