13/06/2025

Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 16 903 taga yetdi.

 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni - 493 taga (3,0 %) ko‘paydi.

Hududlar bo‘yicha otlar soni:

Denov – 3 434 ta;

Sariosiyo – 2 793 ta;

Boysun – 2 148 ta;

Uzun – 1 942 ta;

Qumqo'rg'on – 1 759 ta;

Sherobod – 1 034 ta;

Sho'rchi – 1 020 ta;

Oltinsoy – 910 ta;

Bandixon – 463 ta;

Jarqo'rg'on – 351 ta;

Qiziriq – 309 ta;

Muzrabot – 280 ta;

Termiz – 228 ta;

Angor – 211 ta;

Termiz sh. – 21 taga yetdi.

2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami otlarning 66,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.