05/06/2025

2025-yil 1-may holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 375 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 16 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 359 tani tashkil qildi.

- Viloyat bo‘yicha 2025-yilning yanvar-aprel oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 087,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 5,7 % ga o‘sdi.

- Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 2 814,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,4 % ga to‘g‘ri keldi.

- Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 91,2 % ni tashkil qildi.