23/05/2025

Joriy yilning 23-may kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida, Xizmatlar va savdo sohasi statistikasi bo‘lim boshlig‘i A. Dustnazarov tomonidan Surxondaryo viloyatida xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari to’g’risida brifing bo'lib o'tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-martdagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-78-son qarorida mamlakatimiz iqtisodiyotida xizmatlar sohasi ulushini oshirish, shuningdek, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida xizmatlar sohasini rivojlantirish hamda uning monitoringini yuritish bo‘yicha maqsadli parametrlari belgilangan.

Xizmatlar sohasining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasi

- 2025-yil yanvar-aprel oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 9 711,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,5 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 1 703,0 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi,

- 2024-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan (2 776,4 ming so‘m) 2025-yilning mos davrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 512,6 ming so‘mga yoki 18,5 % ga o‘sib, 3 289,0 ming so‘mni tashkil etgan.

- 2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 7 186,7 mlrd so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 74,0 % ini, jumladan,
38,7 % ini kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etdi.