2025-yil 1-may holatiga, chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 158 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 72 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 5 086 tani tashkil qildi.
- 2025-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 7 955,7 mlrd so‘mni tashkil etib,
- 2024-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 108,7 % ga yetdi.
Jumladan,
yirik korxonalarning tovar aylanmasi 342,5 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 146,4 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 7 613,2 mlrd so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,5 %),
shundan,
uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 657,0 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 111,5 %) tashkil etdi.