22/05/2025

2025-yilning 1-may holatiga ko‘ra, Viloyatimizda 3 005 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 785 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 26,1 % i) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 692 tasi (23,0 %) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 280 tasi (9,3 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga, 216 tasi (7,2 %) kiyim ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.