12/05/2025

2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, viloyatda 2 981 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush 777 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 26,1 % i) boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarishga, 676 tasi (22,7 %) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, 280 tasi (9,4 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga, 215 tasi (7,2 %) kiyim ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.