2025-yil yanvar-mart oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 7 066,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,5 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 1 239,2 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.