Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida Surxondaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 10 445,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 5,0 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2024-yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 109,8 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Surxondaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 3,1 % ga yetdi.