18/04/2025

Bugun, Termiz tumani hokimligida Milliy statistika qo'mitasi rahbariyati, Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i hamda tizimdagi mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarning statistikaga oid muammolarini o'rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Sayyor qabulda, Oʻzbekistonda statistika sohasini yangi bosqichga koʻtarish va tubdan isloh qilish, tizimga ilgʻor texnologiyalarni keng joriy qilish orqali rasmiy statistikaning sifati va unga boʻlgan ishonchni yanada oshirish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Qabulda qatnashayotgan jismoniy va yuridik shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan masalalar yuzasidan zarur ma’lumotlarni olish uchun murojaat qildilar va murojaatlarga mutaxassislar tomonidan keng qamrovli javoblar berib o‘tildi.