Bugun Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi faollar zalida 9 aprel – Amir Temur tavalludiga 689 yil to‘lishi munosabati bilan “Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat arbobi, yuksak ma’naviyat sohibi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Buyuk sarkarda Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, temuriylar davri davlatchiligi, boshqaruv tizimi, davlat tizimini mustahkamlash va boshqarishdagi tartib-intizom, qonunchilik va sud-huquq masalalari, fan, ta’lim va madaniyat, savdo-sotiq va hunarmandchilikni rivojlanishi, mamlakat himoyasini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlar, umuman o‘zbek milliy davlatchiligi taraqqiyotida temuriylar davrining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati haqida batafsil tushuncha berildi.