Viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 16 754 taga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni - 166 taga (1,0 %) ko‘paydi.
Hududlar bo‘yicha otlar soni:
Denov – 3 445 ta;
Sariosiyo – 2 724 ta;
Boysun – 2 132 ta;
Qumqo'rg'on – 1 899 ta;
Uzun – 1 855 ta;
Sherobod – 1 029 ta;
Sho'rchi – 989 ta;
Oltinsoy – 961 ta;
Jarqo'rg'on – 363 ta;
Bandixon – 328 ta;
Muzrabot – 278 ta;
Qiziriq – 274 ta;
Termiz – 241 ta;
Angor – 214 ta;
Termiz sh. – 22 taga yetdi.
2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, otlar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami otlarning 64,9 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.