Joriy yilning 4-aprel kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida boshqarma boshlig'ining o'rinbosari M. Rahmonov ishtirokida boshqarma xodimlari uchun sohaga oid yangiliklar yuzasidan targ‘ibot-tashviqot o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarorinining mazmun-mohiyati, maqsadlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi tomonidan Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etilganligi, Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o‘tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish, integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish, “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlari belgilanligi haqida ma’lumotlar berildi.